GWO (KULRANG BO‘RI) ALGORITMIDAN FOYDALANIB KANAL TIZIMLARIDA SUV RESURSLARINI OPTIMAL TAQSIMLASH
Mualliflar
- No authors found.
Kalit so'zlar
No keywords found.
Annotatsiya
Kulrang bo‘ri optimizatori (GWO) populyatsiyaga asoslangan metaevristik algoritm bo‘lib, kulrang bo‘rilarning ierarxiya ko‘rinishida ov qilish mexanizmiga asoslangan sun’iy intellekt algoritmi hisoblanadi. GWO algoritmining soddaligi, moslashuvchanligi va sozlanadigan parametrlari kamligi sababli, u keng ko‘lamli optimallashtirish masalalarida qo‘llaniladi. Shu bilan birga qidiruv ko‘nikmalarining sustligi, lokal optimumlarda turg‘unlik va yaqinlashish tezligining pastligi kabi ba’zi kamchiliklarga ham ega. Algoritmning qishloq xo‘jaligi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha moslashuvchanligi yetarli darajada o‘rganilmagan. Suvni tejash texnologiyalarini jadal rivojlantirish hamda kanal tizimlarida suv uzatish va taqsimlash samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot qo‘lda boshqarishning murakkabligi, yakuniy kanal tizimini umumiy optimallashtirish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligining pastligi va boshqaruv samaradorligining yetarli emasligi kabi muammolarni hal qilishga qaratilgan.
Adabiyotlar
- No references found.

